Maqomi 2. G‘arbiy Pomir-Oloyda kichik
maydonlarda tarqalgan relikt, endemiko‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Ko‘p yillik poyasiz
o‘t. Ingichka novdalari faqat tuproq ostida
rivojlanadi. Toq bargli bandida 15-35 juft
yaprog‘i bor, uzunligi 10-20 sm, bandininguzunligi 3-7 sm, hurpaygan oq tuklar bilan qoplangan. Bargchalari cho‘ziq-tuxumsimon, ba’zan yaproqchalari bir-biriga tegib turadi, uzunligi 10-17 mm, eni
6- 9 mm. Gulpoyasi hurpaygan oq tukli. Kosachasi uzun naysimon, uzunligi 2,5 sm, eni 3-4 mm. Gullari yirik, uzunligi 3 sm gacha oq, keyinroq to‘q qizil tusga kiradi. Dukkagi yumaloq-tuxumsimon, uzunligi 4 sm gacha yetadi, eni 3 sm. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi.
Tarqalishi. Samarqand va Jizzax viloyatlari: Turkiston tizmalari va Nurota tog‘ida tarqalgan. Tojikistonda (Fatmovut qishlog‘i atroflarida] ham uchraydi.
Usish sharoiti. Har xil o‘tlar, shuvoqlar va archazorlar orasida hamda toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda va surilmalarda o‘sadi.
Soni. Juda kam. Yakka-yakka holda, shuningdek 10-20 ta o‘simlikdan iborat kichik to‘plar, holida uchraydi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari. Nurota davlat qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan.
Manbalar. [55, 252, 289].
N. Yu. Beshko
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009