Ferula vicaria Korovin
Maqomi: 1. Farg‘ona vodiysining janubiy adirlarida o‘suvchi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik monokarp o‘t o‘simlik. Ildizida sharsimon yo‘g‘onlashgan joylari bor. Poyasi, bir nechta bo‘lib, ko‘kimtir rangda, ingichka, 2 m gacha balandlikda, qalqonsimon shoxlangan. Barglari kalta, mustahkam tukli, 3–4 karra patsimon qirqilgan, uchidagi bo‘laklari ingichka-uzunchoq, 0,5–2 sm uzunlikda; poya barglari naysimon, yopirma barglargacha reduksiyalangan. Soyaboni 2–5 shuʼlali; soyabonchalari 7–8 gulli. Kosachasi tishchasiz. Gultojibarglari deyarli yassi, keng ovalsimon, och yashil-qo‘ng‘ir. Mevasi teskari tuxumsimon, 4,5–6 mm uzunlikda. Iyun-iyul oylarida gullab, meva hosil qiladi.
Tarqalishi: Turkiston va Oloy tizmalari etaklarida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘ etaklarida, toshloqlarda, gipsli tub jinslarda va boshqa tog‘ jinslarida o‘sadi.
Soni: Aniqlanmagan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tog‘ etaklaridagi yerlarning tinimsiz o‘zlashtirilishi hamda chorva mollarining ko‘plab boqilishi tufayli kamayib bormoqda. Ma da ni y la sh tirilishi. Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [141, 159, 237]. M. G. Pimenov,
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009