← Ziradoshlar
Novbargli zira
Ziradoshlar
Yangi

Novbargli zira

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Bunium vaginatum Korovin

Maqomi: 1. G‘arbiy Tyan-Shanning relikt, kamyob endemik o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik, umuman tuksiz, polikarp o‘t o‘simlik. Tugunagi sharsimon, diametri 2 sm gacha. Poyasi yakka-yakka, 25 sm gacha. Barglari 2 karra patsimon qirqilgan, qalin, tuxumsimon-lanset shaklida kengaygan, yaltiroq novbarglari uchidagi bo‘laklari ingichka, 10 mm uzunlikda va eni 1 mm. Soyaboni o‘rama barglarsiz, 5–10 shuʼlali, shuʼlalar uzunligi 3–10 mm. Soyabonchasi 15–20 gulli. Kosachasining tishchalari yo‘q. Gultoji oq, teskari yuraksimon, kemtikli, 1,5 mm uzunlikda. Mevasi uzunchoq-ovalsimon, 3 mm uzunlikda. May–iyunda gullab, mevalaydi.

Tarqalishi: Toshkent viloyati: Qorjontovdan bir marta I. I. Malsev tergan. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston (Talas Olatog‘i, Sirdaryo Qoratog‘i).

O‘sish sharoiti: Suvayirg‘ichlarning yaqinidagi toshli-shag‘alli yonbag‘irliklar.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: O‘sish joylari Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan. Manbalar. [114, 145].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009