← Ziradoshlar
Angren zirasi
Ziradoshlar
Yangi

Angren zirasi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Bunium angreni Korovin

Maqomi: 1. Ohangaron daryosi havzasining kamyob endemik o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik, tuksiz, polikarp efemeroid o‘simlik. Tugunagi sharsimon. Poyasi yakka-yakka, 15 sm gacha. Barglari ingichka-lansetsimon bo‘laklarga uch karra patsimon qirqilgan, bo‘laklari 10 mm uzunlikkacha. Soyaboni o‘rama barglarsiz, 2–5 shuʼlali, shuʼlalar uzunligi 15–20 mm. Soyabonchasi o‘rama bargchalarsiz. Kosachasining tishchalari yo‘q. Gultoji oq, bir xilda emas, tashqaridagilari ichkilaridan yirikroq. Meva si ellipssimon, meva bandidan bir necha marta kaltaroq. May–iyunda gullab, iyun–iyulda mevalaydi.

Tarqalishi: Toshkent viloyati: Chotqol va Qurama tizmalari (Ohangaron daryosi havzasi)da.

O‘sish sharoiti: 1200–2300 m balandlikdagi shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining boqilishi va tog‘li hududlarning o‘zlashtirilishi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Chotqol biosfera qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [114, 145].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009