Eremurus nuratavicus A.P. Khokhr.
Maqomi: 1. Nurota tizmasidagi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 40–120 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Ildizpoyasi qisqa, bo‘laklari urchuqsimon yo‘g‘onlashgan. Barglari ingichka qalami, eni 10–30 mm. Shingili siyrak, uzunligi 15–25 sm. Guloldi bargchalari oq, uzunligi 12–14 mm. Gulbandlarining uzunligi 10–15 mm, gulqo‘rg‘onidan biroz uzunroq. Gulqo‘rg‘on bargchalari 3 tomirli, och sariq, qo‘ng‘ir chiziqli, uzunligi 8–11 mm. Changchilari gulqo‘rg‘onidan uzunroq. Mevasi – ko‘sakday, yumaloq. Urug‘lari ingichka qanotchali. May oyida gullab, mevasi iyulda yetiladi.
Tarqalishi: Jizzax viloyati: Nurota tizmasida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘ning o‘rta mintaqasidagi toshli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni: Umumiy soni 1000 tadan oshmaydi.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: 1980 yildan buyon O‘zR FA Botanika bog‘ida ekiladi.
Muhofaza choralari: Nurota qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [18, 314].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009