Iris hippolyti (Vved.) Kamelin
Maqomi: 1. Qizilqum qoldiq tog‘larining endemik o‘simligi.
Qisqacha tavsifi: Tugunak piyozi 1,5 sm yo‘g‘onlikda. Poyasining balandligi 10 sm. Barglari o‘roqsimon, eni 1–1,5 sm, silliq, chetlari oq hoshiyali, o‘tkir uchli. Gullari bittadan, och binafsharang tusda. Tashqi gulbarglari 2 sm uzunlikda, ichkilari 15 mm uzunlikda, romb shaklida, uchi qirrali. Mart–aprel oylarida gullab, mevasi aprel–mayda pishadi.
Tarqalishi: Navoiy viloyati: Ko‘kchatog‘.
O‘sish sharoiti: Suv havzalarini ikkiga ajratuvchi qoyatoshli joylarda o‘sadi.
Soni: Aniqlanmagan.
Ko‘payishi: Urug‘idan va tugunak piyozlaridan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza etilmaydi. Manbalar. [53, 59, 283, 366]. H. F. Shomurodov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009