← Gulsafsardoshlar
Svetlana gulsafsari
Gulsafsardoshlar
Yangi

Svetlana gulsafsari

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Iris svetlanae (Vved.) F.O. Khass.

Maqomi: 2. G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Kulrang qoplamali tugunak piyozining eni 2–2,5 sm. Poyasining balandligi 10–15 sm. Barglari o‘roqsimon, eni 3–4 sm, silliq, chetlari (atrofi) oq hoshiyali, uchi o‘tkir. Gullari 1–2 ta, sariq tusli. Tashqi gulqo‘rg‘on bo‘laklari 12–16 sm uzunlikda, romb shaklida, uchi o‘tkirroq. Aprel oyida gullab, may oyida meva tugadi.

Tarqalishi: Qashqadaryo viloyati: Hisor tizmasining g‘arbiy qismi – Qashqadaryo havzasi (Qizilcha, Qo‘rg‘ontosh, Torqopchig‘ay qishloqlari atrofi)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Qizil qumtoshli tuproqlarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tabiiy o‘sib turgan joylarining qisqarishi va chorva boqilishi tufayli qisqarib ketgan.

Madaniylashtirilishi: O‘zR FAning Toshkentdagi botanika bog‘ida o‘stirilgan.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [53, 59, 159, 283, 366]. N. K. Rahimova.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009