← Ziradoshlar
Denov jufturug‘i
Ziradoshlar

Denov jufturug‘i

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida
Maqomi 1. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloydagi yo‘qolish arafasidaturgan kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 1 m ga yetadigan polikarp o‘simlik. Poyasi to‘g‘ri, tuksiz, yumaloq, to‘liq. Poyadagi barglari bandli, asosidan 3 sm gacha kengayib ketgan poyani o‘rab turuvchi quloqsimon qinga ega, bandlarning uzunligi 20 sm gacha, murakkab barglar uch karra patsimon bo‘lingan. O‘simlikning markaziy soyabonchasi kattaroq, 10 taxuddi shunday kichik soyabonchalarni jamlagan, yon tarafdagi soyabonlar 5-7 ta. Urug‘lagan vaqtida shu’lalarining uzunligi 9-12 sm ga yetadi, deyarli tuksiz. O‘rama barglari markaziy soyabonda 3 ta (1 tasi mayda- uzunligi 2,5 sm, eni 0,5 sm; 2 tasi yirik - uzunligi 9 sm, eni 0,6-1 sm), yon tarafdagi soyabonlarda 2 ta (uzunligi 5,5 sm, eni 0,3-0,4 sm). Mevasi ikki bo‘lakli, yumaloq. Aprel-mayda gullab, mevasi may oyida yetiladi.
Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasidagi Sangardak daryosi vodiysi (Nilu qishlog‘idan Xondiza daryosining quyi oqimigacha) va To‘palang daryosining o‘rta oqimida tarqalgan.
O‘sish sharoiti. Tog‘larning o‘rta qismidagi qoyalardao‘sadi.
Soni. 2014 yilda Sangardakda 180 tupi topilgan.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Bu tur o‘sadigan yerlarda ko‘plab chorva mollari boqiladi.
Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza chorala- ri ishlab chiqilmagan. Bu turning biologik xususi- yatlarini o‘rganib chiqish lozim.
Manbalar. [142,159]. D. Xamrayeva.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009