Astamotopsis galiocarpa Korovin
Maqomi: 2. Darvoz tizmasi va Hisor tizmasi janubiy yonbag‘irlarining endemik o‘simligi.
Qisqacha tavsifi: Umuman tuksiz, ko‘p yillik polikarp o‘simlik, efemeroid. Tugunagi sharsimon. Poyasi yakka-yakka, ingichka, 10–25 sm balandlikda. Ildizoldi barglarining yaproqlari 2 karra uch bo‘lakli qirqilgan; uchki bo‘laklari 1–2 sm uzunlikda, eni 0,5 sm, tuxumsimon, uch bo‘lakli; poya barglar uchidagi bo‘laklar ingichka. Soyabonlari o‘rama barglar va bargchalarsiz, 2–7 ta ingichka, bir-biriga teng 20 mm uzunlikdagi shuʼlalardan iborat. Kosachasi tishchasiz. Gultoji oq, 0,9 mm uzunlikda. Mevasi ikki bo‘lakli, ko‘shaloq qo‘ng‘ir, silliq, 1,5–1,9 mm uzunlikda, eni 3–4 mm. Iyun–iyulda gullab, iyul–avgustda mevalaydi.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasi, To‘palang daryosining havzasi. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston.
O‘sish sharoiti: Mayda shag‘alli to‘kilmalar, qoyalar ostidagi mayin tuproqlar to‘plangan yonbag‘irliklar, qor sekin eriydigan joylarda, daryo yoqalarida dengiz sathidan 2200–2300 m. balandlikda o‘sadi.
Soni: Aniqlanmagan.
Ko‘payishi: Urug‘i va tugunagidan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [142, 233].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009