Laothoe philerema (Djakonov, 1923)
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Janubiy Turon endemik turi.
Tarqalishi: Surxondaryo (Termiz sh.), Zarafshon (Samarqand sh.), Amudaryo ning (Qizilravot q.) quyi qismlari. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston.
Yashash joylari: Pasttekislik daryolari bo‘yidagi turang‘ili to‘qay va daraxtzorlar.
Soni: Hamma joyda kam, keyingi o‘n yillar davomida keskin kamayib ketgan. O‘zbekistonda kam topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Yilda 2 marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – aprel–mayda (tunda), 2-martasi – iyul–avgustda. Qurti turang‘ida (Populus pruinosa) iyun va avgustsentyabrda rivojlanadi; tuproqning yuqori qatlamlarida g‘umbakka aylanadi; kuzgi g‘umbaklari qishlaydi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik faoliyati oqibatida to‘qaylarning kesib tashlanishi.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Zarafshon Milliy tabiat bog‘i va Qizilqum qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan; yashash joylari, sonini mukammal o‘rganish lozim.
Manbalar: [17, 36-38, 47, 97, 117, 122]. A.V-A. Kreysberg
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009