← Umurtqasizlar
Bogdanov yirtqichchasi
Umurtqasizlar

Bogdanov yirtqichchasi

Stenolemus bogdanovi
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Stenolemus bogdanovi Oshanin, 1896

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, janubiy endemik tur.

Tarqalishi: Toshkent, Samarkand, Sirdaryo, Fargʼona vil. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston.

Yashash joylari: Oʼzining birlamchi yashash joylari - Oʼzbekistonning tekislik va togʼlarning qayir toʼqayzorlarida uchramay qoʼygan, hozirda qishloq joylarda odam yashamaydigan xoʼjalik imoratlarida uchrab turadi.

Soni: Kam topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Yirtqich, mayda boʼgʼimoyoqlilar bilan oziqlanadi. Voyaga yetganlari qishlashadi, bahor va yozda harakatchan boʼladi. Tojikistonda lichinkasi jiyda (Eleagnus angustifolia) tanasida topilgan.

Cheklovchi omillar: Xoʼjalik faoliyati sababli togʼoldi hududla rida oʼtloqli qayir toʼqayzorlarining kamayib ketishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni,hayot tarzini mukammal oʼrganish, oʼtloqli qayirlarni muhofaza qilish lozim.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009