Turanga Lappet Moth
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Janubiy Turon endemik turi.
Tarqalishi: Surxondaryoning Denov va Amudaryoning Urganch shahri yonidagi qayirlari, Sirdaryoning Pungon q. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston.
Yashash joylari: Tekislik daryolari bo‘ylaridagi turang‘i to‘qaylar va daraxtzorlar.
Soni: Hamma joyda kam, keyingi o‘n yillar davomida keskin kamayib ketgan. O‘zbekistonda kam topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Yiliga 2 marta to‘la, 3 marta qisman nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – aprel–mayda (tunlari), 2-martasi – iyun–iyulda, 3-martasi – avgustda. Qurti may, iyun– avgustda turang‘ida (Populus pruinosa) rivojlanadi; turang‘ining tana va novdalarida pilla ichida g‘umbakka aylanadi; kuzgi g‘umbaklari qishlaydi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik faoliyati oqibatida to‘qaylarning kesib tashlanishi.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari, sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.
Manbalar: [38, 47, 98, 120, 127, 149]. A.V-A. Kreysberg
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009