Catocala remissa Staudinger, 1891
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Turon endemik turi.
Tarqalishi: Oyoqgujumdi q. (Janubig‘arbiy Qizilqum), Toshkent sh. atroflari. O‘zbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Xitoy (Shinjon).
Yashash joylari: Tekislik daryolari bo‘yidagi turang‘ili to‘qay va terakzorlar.
Soni: Hamma joyda kam va uzluksiz kamayib boryapti. Yakka kapalaklar uchraydi.
Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi iyun– iyulda (tunda). Qurtlari may-iyunda teraklarda (Populus), ko‘proq turang‘ida (P. pruinosa) rivojlanadi, katta yoshdagilari qishlaydi, keyingi yil mayda qo‘shimcha oziqlanadi. Teraklarning ko‘chgan po‘st loqlari ostida yumshoq pillalarda g‘umbakka aylanadi.
Cheklovchi omillar: To‘qay va terakzorlarning kesib tashlanishi.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar: [47, 127]. A.V-A. Kreysberg
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009