← Umurtqasizlar
Kirichenko ninachisi
Umurtqasizlar

Kirichenko ninachisi

Anormogomphus kiritshenkoi
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Anormogomphus kiritshenkoi Bartenev, 1913

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan tur.

Tarqalishi: Surxondaryoning quyi oqimi (Termiz sh. yaqinida). Oʼzbekistondan tashqarida: Turkmaniston, Afgʼoniston, Eron, Iroq, Turkiya.

Yashash joylari: Tez oquvchi tekislik va togʼ (d.s.b. 500-1000 m) daryolarining vohalari.

Soni: Hamma joyda kam. Oʼzbekistonda ayrim topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Uchishi va tuxum qoʼyishi (suvga) - iyun-iyulda. Lichinkalari va oʼzining dastlabki davrdagi rivojlanishi oqar suvlarda taxminan 2 yil mobaynida oʼtadi. Mayda boʼgʼimoyoqlilar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Suv inshootlari qurilishi va melioratsiya taʼsirida daryolar tabiiy oqimining oʼzgarishi, dalalarda shoʼr yuvish va sugʼorish oqibatidagi tashlama suvlar hisobiga daryolarning ifloslanishi.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish, suv havzalarini ifloslanishdan saqlash.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009