← Umurtqasizlar
Birshteyn engidrosomasi
Umurtqasizlar

Birshteyn engidrosomasi

Enhydrosoma birsteini
Maqomi 1 (EN) — Yo‘qolish arafasida

Enhydrosoma birsteini Borutzky, 1971

Maqomi: 1 (EN): Yoʼq boʼlib ketayotgan, qisqa endemik.

Tarqalishi: Orol dengizi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston.

Yashash joylari: Dengizning qirgʼoq boʼyi va chuqur joylari. Suv tubida va suv oʼtlarining orasida yashaydi.

Soni: Kam topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Lichinkasi suv qatlamida faol suzib yuradi. Organik chirindilar va mikrosuvoʼtlar bilan oziqlanadi. Ovlanadigan baliqlarning ahamiyatli ozuqa manbalaridan.

Cheklovchi omillar: Orol dengizi sathining pasayishi va suvining shoʼrlanishi.

Koʼpaytirish: Sunʼiy sharoitda koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash tarzini va arealini mukammalroq oʼrganish, shoʼrxoq suvli koʼllarga koʼchirish, suv havzalarining gidrorejimini bir maromda saqlash, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009