Parnassius Apollo Tien-Shan
ssp. chimganus Kreuz. (1)
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, kamayib borayotgan, kamyob tarqalgan endemik va tor endemik tog‘ turi hisoblanadi.
Tarqalishi: O‘rta Osiyo tog‘lari. O‘z be kistonda Chotqol, Piskom, Ugom, Qor jon tov, Qurama (1) tog‘ tizmalari, Oloy (2) t.t, Tur kiston, Zarafshon, Boysuntog‘, Hisor (3). O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston Qirg‘iziston, Tojikiston, Shimolisharqiy Xitoy (janubiy Tyan-Shyan), Afg‘oniston, Pokiston (G‘arbiy Pomir, Hindikush).
Yashash joylari: 2550-3000 m mutlaq balandlikda, xilma-xil o‘simliklar bilan qoplangan adirlar va qoplamali qoyalarda.
Soni: Har yerda kam miqdorda, hududlardagi yuqori zichligi (Urgut, Shahrisabz, Zomin va Bo‘stonliq tumanlarida) imagosi soniga 1kv. metrga – 0,02, maksimum – 0,04 donaga to‘g‘ri keladi.
Yashash tarzi: Bir yilda bitta nasl beradi. Iyunda nozik pillali g‘umbaklari bo‘ladi, iyulda imagolari uchib chiqadi, tuxum va qurtlari ozuqabop o‘simliklar va ozuqa substratlariga yaqin joyda uchraydi. 1-yoshdagi qurtlari tuxum qobiqlari ostida qishlaydi, Ular Pseudsedum va Rhodiola avlodi o‘simliklari bilan oziqlanadi. Tosh taglari va barg to‘shamalari ostida g‘umbakka ketadi. Kapalaklarning uchib chiqishi va tuxum qo‘yishi iyundan avgustgacha kuzatiladi. 50 donagacha tuxumlarini qurtlarining ozuqa o‘simliklariga qo‘yadi.
Cheklovchi omillar: Chorva mollari ning meʼyorsiz darajada o‘t latilishi natijasida ushbu tur lar yashaydigan joylarda ular ning qurt lari va ozuqa o‘sim liklarining top talishi.
Ko‘paytirish: Tajribalarda tasdiqlangan.
Muhofaza choralari: Hisor va Chotqol qo‘riqxonalarida hamda Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofazaga olingan. Manbalar [40, 41, 113, 119, 122]. D.B. Daminova
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009