Paragluphisia oxiana Djakonov, 1927
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Janubiy Turon endemik turi.
Tarqalishi: Surxondaryo (Termiz), Amudaryo (To‘rtko‘l sh.), Zarafshon d. (Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon shaharlari) qayirlari. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozog‘iston.
Yashash joylari: Tekisliklardagi daryo bo‘ylarida joylashgan turang‘ili to‘qay va daraxtzorlar.
Soni: Hamma joyda kam va uzluksiz kamayib bormoqda. Kam topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Kam o‘rganilgan. Yiliga 2-3 marta nasl qoldiradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – tunlari aprelning oxiridan avgustning boshlarigacha. Qurti va ozuqa o‘simligi nomaʼlum.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik faoliyati oqibatida to‘qaylarning kesib tashlanishi.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Zarafshon Milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, soni va yashash tarzini mukammal o‘rganish lozim.
Manbalar: [19, 36-38, 47, 98, 127]. A.V-A. Kreysberg
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009