← Umurtqasizlar
Sulaymon tillaqo‘ng‘izi
Umurtqasizlar

Sulaymon tillaqo‘ng‘izi

Ancylocheira salomonii
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Ancylocheira salomonii Thomson, 1878

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur.

Tarqalishi: Buxoro, Kogon, Samarkand, Toʼrtkoʼl, Toshkent, Fargʼona sh. atrofi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston, Eron, Turkiya, Xitoy (Sinjon).

Yashash joylari: Tekislikdagi daryolar, kanallar boʼyidagi, aholi yashaydigan joylar yaqinida- gi terakzorlar.

Soni: Ilgari koʼp uchrar edi, keyingi oʼn yilliklar davomida keskin qisqarib, baʼzi joylarda butunlay yoʼq boʼlib ketgan.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Lichinkalari chiriyotgan eski terakda (Populus) rivojlanadi. Uchishi va tuxum qoʼyishi may-iyun oylarida.

Cheklovchi omillar: Eski teraklarni kesib tashlash.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammalroq oʼrganish, yashash joylari muhofazasini tashkil qilish, terakzorlarni saqlash

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009