← Umurtqasizlar
Sug‘d toshqoli
Umurtqasizlar

Sug‘d toshqoli

Carabus sogdianus
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Carabus sogdianus Semenov, 1898

Maqomi: 2(VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan endemik tur.

Tarqalishi: Zarafshon t., Tanhozdaryoning (Hisor t.) yuqori oqimi. Oʼzbekistondan tashqarida: Tojikiston.

Yashash joylari: Togʼ vodiylarining (d.s.b. 1500-2500 m) keng yaproqli, koʼpincha zarang daraxtli oʼrmonlari. Daryo va soylar boʼylarida yashaydi.

Soni: Kam topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari aprel-mayda harakatchan boʼladi. Yirtqich, asosan, mollyuskalar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Daraxt va butalarni qirqish orqali yashash joylarini tugatish, pichan tayyorlash, yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish, zaharli kimyoviy moddalarni keng qoʼllash.

Koʼpaytirish:  Koʼpaytirilmagan Muhofaza choralari. Yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammal oʼrganish, yashash joylarida maxsus muhofaza tartibini oʼrnatish.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009