Schizopera aralensis Borutzky, 1971
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan Orolbo‘yi endemik turi.
Tarqalishi: Orol dengizi, Ayozko‘l. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston.
Yashash joylari: Qirg‘oqlardagi kam sho‘rlashgan suvlar. Suv tubida va suv o‘tlarining orasida yashaydi.
Soni: Lokal populyatsiyalarda har kvadrat metrda 200 donagacha uchraydi. Keskin qisqarib bormoqda.
Yashash tarzi: Kam o‘rganilgan. Lichinkasi suv qatlamida faol suzib yuradi. Organik chirindilar va mikro suv o‘tlari bilan oziqlanadi. Ovlanadigan baliqlar uchun muhim ozuqa unsurlaridan biri sanaladi.
Cheklovchi omillar: Orol dengizi sathining pasayishi va suvining sho‘rlanishi.
Ko‘paytirish: Sunʼiy sharoitda ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash tarzini va arealini mukammal o‘rganish, sho‘rxok suvli ko‘llarga ko‘chirish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda saqlash, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish.
Manbalar: [5]. I.M. Mirabdullayev
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009