← Umurtqasizlar
Turkiston qisqichbaqasi
Umurtqasizlar

Turkiston qisqichbaqasi

Pontastacus kessleri
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Pontastacus kessleri (Schminkewitsch, 1884)

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, endemik tur.

Tarqalishi: Sirdaryo havzasi. 

Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston.

Yashash joylari: Pasttekislikdagi kichik daryo va kanallar (oʼtmishda oʼzan koʼllarida ham boʼlgan.). Suv ostidagi kamarlar va turli pana joylarda, koʼpincha suv havzasining tik qirgʼoqlari ostida yashaydi.

Soni: Ilgari koʼp uchrar edi, keyingi oʼn yillar ichida keskin kamayib ketgan.

Yashash tarzi: Bir necha yil yashaydi. Kuzda urchiydi. Urgʼochisi urugʼlantirilgan uvildirigʼini iyungacha koʼtarib yuradi. Serpushtliligi - 200-300 uvildiriq.

Cheklovchi omillar: Suv havzalarining sanoat va qishloq xoʼjaligi taʼsirida ifloslanishi, Sirdaryo oqimining sunʼiy tartiblanishi natijasida qayir koʼllarining yoʼq boʼlib ketishi.

Koʼpaytirish: Sunʼiy sharoitda koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish, suv havzalarini ifloslanishdan saqlash, boshqa suv havzalariga koʼchirish.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009