Kuldja Sphinx
Maqomi: 2 (VU:D): Turkistonning zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan endemik turi.
Tarqalishi: G‘arbiy Tyan-Shan, Zarafshon t. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Xitoy (Shinjon).
Yashash joylari: Tog‘larning (d.s.b. 1000- 2500 m) daraxt va butalar bilan qoplangan o‘tlarga boy quruq cho‘llari.
Soni: Hamma joyda kam. Lokal populyatsiya larida mavsumda 10–20 donagacha hisobga olinadi, uzluksiz kamayib bormoqda.
Yashash tarzi: Yiliga bir marta to‘la, ikkinchi marta qisman nasl beradi. Birinchi uchishi va tuxum qo‘yishi aprel–iyun oylarida (oqshom va tunlari), ikkinchisi – iyul–sentyabr, baʼzan oktyabrda. Qurtlari may–iyun va avgust–sentyabrda chaqamiq (Galium) o‘simligida rivojlanadi. Tuproqning yuqori qatlamida g‘umbakka aylanadi. Birinchi nasl qisman va ikkinchi nasl g‘umbaklari to‘liq qishlaydi.
Cheklovchi omillar: Yashash makonlarida daraxt va butalarning kesib tashlanishi, pichan tayyorlash va chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytrilmagan.
Muhofaza choralari: Kitob, Chotqol qo‘riqxonalari va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan.
Manbalar: [19, 31 ,46, 100, 127, 148]. A.V-A. Kreysberg
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009