← Umurtqasizlar
So‘g‘d tishsizi
Umurtqasizlar

So‘g‘d tishsizi

Colletopterum sogdianum
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan

Colletopterum sogdianum (Kobelt, 1897)

Maqomi: 2(VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan mozaik tarqalgan, endemik tur.

Tarqalishi: Kattaqoʼrgʼon, Chordara suv omborlari, Oqqoʼrgʼon baliq urchitish xoʼjaligi, Aydarkoʼl, Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon d. qayirlari. Oʼzbekistondan tashqarida: Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston, Turkmaniston.

Yashash joylari: Tekislikdagi harakatchan suv havzalari. Loyli tuproqlarda 2,5 metrgacha boʼlgan chuqurliklarda yashaydi.

Soni: Oldinlari koʼp uchrar edi, keyingi yillari keskin kamayib ketdi.

Yashash tarzi: 5-10 yil yashaydi. Germafrodit tur. Tuxumini kuzda tashqi oyquloqining ichiga qoʼyadi, ulardan tashqariga keyingi yozda chiqaradi. Lichinkalari 5-8 hafta baliqlarning suzgichlari va oyquloqlarida rivojlanadi. Or-ganik chirindilar bilan oziqlanadi. Suvni tozalaydi.

Cheklovchi omillar: Suv havzalari sathining keskin oʼzgarishi, xoʼjalik faoliyati natijasida ularning ifloslanishi, chigʼanoqlarini yigʼish.

Koʼpaytirish: Imkoni mavjud.

Muhofaza choralari: Yashash joylarini muhofaza qilish, suv havzalari gidrorejimini bir maromda ushlash, ularni ifloslanishdan saqlash, chigʼanoqlarini yigʼishni taqiqlash.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009