Laphyragogus kohlii (Bingham, 1896)
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, mozaik tarqalgan Eron-Turon turi.
Tarqalishi: Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo vil. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Pokiston.
Yashash joylari: Cho‘llardagi, ayniqsa, daryo qayirlaridagi qumli hududlar.
Soni: Hamma joyda kam. Yakka nusxalari uchraydi.
Yashash tarzi: Kam o‘rganilgan. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi iyun-avgust oylarida. Urg‘ochilari tangaqanotlilarni (Lepidoptera) ovlaydi, ularning bir nechtasini bitta inga yig‘adi. Inlarini yumshoq qumloq tuproqqa qo‘yadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maqsadlarida cho‘l zonasidagi qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar: [10, 33]. V.L. Kazenas
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009