Eumerus rufipilus Peck, 1969
Maqomi: 1 (EN): Janubiy Turkistonning zaif, tabiatan kamyob endemik turi.
Tarqalishi: Hayot (Nurota t.). O‘zbekistondan tashqarida: Qirg‘iziston.
Yashash joylari: Tog‘larning quruq, turli o‘t-o‘simlik, shag‘al va mayda tuproqli yonbag‘irlari (d.s.b. 1500–2000 m).
Soni: Bir necha donasigina uchragan.
Yashash tarzi: Kam o‘rganilgan. Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi iyunda; soyabonguldoshlarning (Apiaceae) gullarida, lichinkalari piyozguldoshlarda (Liliaceae) oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Daraxt va butalarning kesib tashlanishi, meʼyorsiz pichan tayyorlash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Nurota qo‘riqxonasida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, hayot tarzi va sonini mukammal o‘rganish lozim.
Manbalar: [12, 31, 78, 135]. D.B. Daminova
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009