← Umurtqasizlar
Farg‘ona keskiri
Umurtqasizlar

Farg‘ona keskiri

Lethrus bispinus
Maqomi 1 (CR) — Yo‘qolish arafasida

Lethrus bispinus B. Jakovlev, 1899

Maqomi: 1(CR): Butunlay yoʼq boʼlib ketish arafasida turgan fargʼona endemik tur.

Tarqalishi: Fargʼona vodiysining janubi.

Yashash joylari: Togʼ oldi tekisliklari va turli oʼt oʼsimliklar bilan qoplangan togʼ (d.s.b. 600-800 m) yonbagʼirlari.

Soni: Bir necha donasi orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam oʼrganilgan. Yilda bir marta nasl beradi. Voyaga yetganlari aprel-iyunda faol boʼladi. Koʼkatlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar: Choʼl qoʼriqlarining xoʼjalik maqsadlarida oʼzlashtirilishi, xususan, shudgorlash va yaylovdan chorvachilikda haddan tashqari foydalanish.

Koʼpaytirish: Koʼpaytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari, soni, hayot tarzini mukammalroq oʼrganish, yashash joyla-rida muhofazasini tashkillashtirish.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009