← Umurtqasizlar
Shtaudinger Apolloni Shtaudinger Apolloni Shtaudinger Apolloni
Umurtqasizlar
Yangi

Shtaudinger Apolloni

Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Parnassius staudinger

ssp. hissaricus Eich. (2)

Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, tabiatan kamyob tarqalgan G‘arbiy Pomir-Oloy endemik turi.

Tarqalishi: G‘arbiy Pomir-Oloy (1), O‘zbekistonda 3 ta kenja tur: Hisor tog‘ tizmalarida, Boysuntog‘ (1), Zarafshon tog‘ tizmalari, Turkiston tog‘ tizmalarining g‘arbiy chekka qismlari (2), Turkiston tog‘ tizmalarining markaziy qismlari (3).

Yashash joylari: 2550–3000 m mutlaq balandlikda, xilma-xil o‘simliklar bilan qoplangan adirlar va qoplamali qoyalarda.

Soni: Har yerda kam miqdorda, hududlarda 1 kv. metrga o‘rtacha – 0,007, maksimal – 0,02 donagacha uchraydi. Yashash tarzi: Bir yilda bitta nasl beradi. Iyun oyida g‘umbakli pillalari tuproqda bo‘ladi. Kamdan-kam hollarda noqulay sharoitda qishlashi mumkin. Imagolarining uchib chiqishi avgustda ro‘y beradi. Odatda, tuxum qobiqlarini yorib chiqqan 1-yoshdagi qurtlari qishlaydi. Urg‘ochilari 50 tagacha tuxum qo‘yadi. Cheklovchi omillar: Imagolarining nazoratsiz terilishi va meʼyoridan ortiq o‘t o‘rimi, chorva mollarining ko‘p o‘tlashi.

Ko‘paytirish: Bu borada tajribalar o‘tkazilmagan.

Muhofaza choralari: Hisor qo‘riq xonasida muhofazaga olingan.

Manbalar: [42, 113, 119, 124]. D.B. Daminova

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009