Chrysotoxum Kozhevnikovi Smirnov, 1924
Maqomi: 2 (VU:D): Turkistonning zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan endemik tur.
Tarqalishi: Chimyon, Chotqol qo‘riqxonasi (Chotqol t.), Oqtosh (Qorjontov t.), Hayot (Nurota t.). O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston.
Yashash joylari: Tog‘ (d.s.b. 1500–2000 metr) vohalarining keng yaproqli qayir o‘rmonli va o‘tloqli yonbag‘irlari.
Soni: Ilgari ko‘p uchrar edi, keyingi o‘n yilliklar davomida keskin kamayib ketdi.
Yashash tarzi: Yiliga bir necha marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi maydan–sentyabrgacha, soyabonguldoshlar (Apiaceae) va labguldoshlar (Lamiaceae) gullarida oziqlanadi, lichinkalari daraxtlar sharbati bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Daraxt va butalarni kesib tashlash, pichan tayyorlash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Nurota va Chotqol qo‘riqxonasi hamda Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza qilinadi.
Manbalar: [7, 12, 78, 95, 135, 143]. D.B. Daminova
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009