Satanas gigas Eversmann,1855
Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, kam uchraydi, lekin keng tarqalgan tur.
Tarqalishi: O‘zbekistonda Chimyon (Bo‘stonliq) da qayd etilgan. O‘zbekistondan tashqarida: O‘rta Osiyo, Qozog‘iston, Kavkazorti, Shimoliy Afrika, Eron, Mo‘g‘uliston, Shimoliy Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston.
Yashash joylari: Bahor va yoz boshlarida o‘zlashtirilgan cho‘llar va chala cho‘llarda, tog‘oldi hududlarda do‘ngliklardagi kesilgan butalarda uchraydi. Xo‘jalik ishlari natijasida tarqalish hududlari qisqarib bormoqda.
Soni: 1980 yillarga kelib sanoqli topilmalarga ko‘ra maʼlum. Oxirgi yillarda son jihatdan keskin kamayib ketgan.
Yashash tarzi: Bir yilda bir marta nasl beradi. Yetuk hasharotlar yirtqich bo‘lib, o‘zga hasharotlar bilan oziqlanadi. Lichinkalari tuproqda yoki chiriyotgan daraxtlarda rivojlanadi.
Cheklovchi omillar: Cho‘l va chala cho‘l hududlarning o‘zlashtirilishi.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Hayot tarzi, soni va yashash hududlarini o‘rganish lozim.
Manbalar: [37, 82, 121] D.B. Daminova
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009