Ferula Flowerfly
Maqomi: 1 (EN): Zaif, tabiatan kam yob, Qizilqum endemik turi.
Tarqalishi: Oyoqg‘ujumdi q. atrofi (janubi-g‘arbiy Qizilqum).
Yashash joylari: Cho‘llarning shuvoq va efemer o‘simliklari o‘sadigan tog‘oldi tekisliklari.
Soni: Bir necha donasi orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Kam o‘rganilgan. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi aprel-mayda; voyaga yetganlari sassiq kovrak (Ferula foetida) gullarida, lichinkalari ularning poyalarida oziqlanadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maqsadlarida cho‘l zonasidagi qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, shudgorlash, haddan tashqari yaylovdan ko‘p foydalanish.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari, tarzi va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar: [94]. D.B. Daminova
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009