← Umurtqasizlar
Kaspiyorti larrasi Kaspiyorti larrasi Kaspiyorti larrasi
Umurtqasizlar
Yangi

Kaspiyorti larrasi

Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Transcaspian Digger Wasp

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Eron-Turon turi.

Tarqalishi: Janubi-g‘arbiy Qizilqum, Buxoro, Xiva sh. atroflari. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Eron.

Yashash joylari: Cho‘llarning suvga yaqin biotoplaridagi qum-tuproqli va sho‘rxok hududlar.

Soni: Xamma joyda kam. Yakka nusxalari uchraydi.

Yashash tarzi: Yiliga bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi iyun-avgust oylarida, turli o‘simliklarning gullarida, asosan yulg‘undoshlarda (Tamarix), sutlamadoshlarda (Euphorbiaceae) va murakkabguldoshlarda (Asteraceae) oziqlanadi. Urg‘ochilari buzoqboshisimonlarni (Gryllotalpa) ovlaydi, ularga nayzasini sanchib falajlaydi, so‘ng ustiga tuxum qo‘yadi. Buzoqboshi falajlikdan so‘ng o‘ziga kelgach o‘z iniga kirib yashayveradi, ari lichinkasi esa unda rivojlanishni davom ettiradi.

Cheklovchi omillar: Xo‘jalik maq sadlarida suvga yaqin cho‘l-qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, haydash, chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish lozim.

Manbalar: [9, 10, 33, 67, 134]. D.B. Daminova

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009