← Torondoshlar
Zokirov qandimi
Torondoshlar
Yangi

Zokirov qandimi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Calligonum zakirovii (Khalk.) F.O. Khass.

Maqomi: 1. Qizilqumdagi kichik maydonlarda tarqalgan kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 70–150 sm, biroz egri-tirsaksimon shoxlangan buta. Gullari oq. Gulqo‘rg‘oni mevalayotganda pastga qarab egiladi. Mevasi deyarli sharsimon, eni 10–12 mm. Aprel– may oylarida gullab, may–iyunda mevalaydi.

Tarqalishi: Buxoro viloyati: Qizilqum cho‘l stansiyasi atrofida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Mustahkamlashgan gipsli tepaliklarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan. Kichik maydonlarda juda kam miqdorda tarqalgan.

Ko‘payishi: Maʼlumotlar yo‘q.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan. O‘simlik tarqalgan joylarda ko‘plab chorva mollari boqiladi. Shuningdek, o‘tin sifatida ishlatilishi o‘simlik ko‘payishiga salbiy taʼsir qiladi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 204, 270]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009