Calligonum elegans Drobow
Maqomi: 2. Farg‘ona vodiysidagi tub ola jinslarda tarqalgan kamyob tur.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50–100 sm, tirsaksimon shoxlangan buta. Gulqo‘rg‘oni mevalayotganda pastga qarab egilgan. Mevasi ovalsimon yoki sharsimon, uzunligi 10–15 mm, sariq yoki qizil. Qanotchalari yupqa, yassi, chetlari notekis mayda tishchali, qirralari mayda tishli. Yong‘oqchasi 10 mm uzunlikda, 90 daraja buralgan. Aprelda gullab, may oyida mevalaydi.
Tarqalishi: Farg‘ona vodiysi: Farg‘ona viloyati Gumxona, Oqcho‘p, Oqbel, Supatog‘ va Qoraqalpoq cho‘lida tarqalgan. Tojikiston (Vaxsh vodiysi)da ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Tub ola jinsli tuproqlarda, tub jinslari yer yuziga yaqin joylashgan qumlarda o‘sadi.
Soni: Aniqlanmagan. Kichik maydonlarda siyrak holda uchraydi.
Ko‘payishi: Maʼlumotlar yo‘q.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining muttasil boqilishi o‘simlikka salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 204, 270].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009