← Torondoshlar
Ohaktosh qandimi
Torondoshlar
Yangi

Ohaktosh qandimi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Calligonum calcareum Pavlov

Maqomi: 1. Turkiston tizmasida kichik maydonchalarda o‘sadigan kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 30–40 sm balandlikdagi tirsaksimon egri-bugri shoxlangan buta. Gullari oq. Gulqo‘rg‘oni mevalayotganida pastga egiladi. Mevasi cho‘ziq-oval shaklida, uzunligi 10–15 mm, eni 7–10 mm, sariq yoki qipqizil. Qanotchalari keng-nashtarsimon, asosi o‘yilgan, yuqori qismi o‘tkir uchli, qirrasi notekis o‘tkir tishchali, ustki qismi (sirti) oddiy yoki ayrisimon tikanli. Yong‘oqchasi to‘g‘ri, uzunligi 7–10 mm. Aprelda gullab, may oyida mevalaydi.

Tarqalishi: Farg‘ona viloyati: So‘x va Isfara daryolari havzalarida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Ochiq ohaktoshli yonbag‘irlarda va daryo qirg‘oqlaridagi gipsli qum-shag‘alli joylarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Ayrim ob-havo qulay kelgan yillari urug‘idan chiqqan nihollarini kuzatish mumkin.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining boqilishi o‘simlikning ko‘payishiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [159, 204, 270].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009