Calligonum paletzkianum Litv.
Maqomi: 3. Qizilqumdagi kichik maydonlarda tarqalgan kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 100–200 sm balandlikdagi egri-bugri tirsaksimon shoxlangan buta. Guli oq. Gulqo‘rg‘oni mevalayotganda pastga qarab egilgan. Mevasi ellips-sharsimon yoki deyarli sharsimon, eni 40–50 mm, qizil. Qanotchalari tu xumsimon, eni 3–5 mm, tuksiz. Chetlari 1,5–3 mm o‘yilgan. Yong‘oqchasi 12–15 mm uzunlikda, to‘g‘ri, har tomonidan ko‘rinib turadi. Aprel–may oylarida gullaydi, may–iyunda mevalaydi.
Tarqalishi: Buxoro viloyati: Qizilqumda (Dengizko‘l atroflarida) tarqalgan. Turkmaniston va Tojikistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Mustahkamlangan qum uyumlarida o‘sadi.
Soni: Kam uchraydi. Kichik-kichik to‘plar hosil qiladi.
Ko‘payishi: Maʼlumotlar yo‘q.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: O‘simlik o‘sib turgan maydonlardan chorvachilikda muttasil foydalaniladi, shuningdek, o‘tin sifatida ishlatiladi.
Madaniylashtirilishi: O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stirishga urinib ko‘rilgan.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 204, 270].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009