Calligonum molle Litv.
Maqomi: 2. Qizilqumda kichik maydonlarda tarqalgan kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50–100 sm balandlikdagi biroz tirsaksimon shoxlangan buta. Guli och pushti. Gulqo‘rg‘oni mevalayotganda pastga qarab egiladi. Mevasi yumaloq-tuxumsimon, uzunligi 25–30 mm, eni 20–25 mm, qizg‘ish. Qanotchalari ingichka, eni 2–3 mm. Yong‘oqchasi to‘g‘ri, uzunligi 10–13 mm. Aprel–may oylarida gullab, may– iyunda mevalaydi.
Tarqalishi: Buxoro viloyati: Qizilqumda (Dengizko‘l atroflari) tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti: Mustahkamlangan qum uyumlarida o‘sadi.
Soni: Aniqlanmagan. Baʼzan kichik-kichik to‘plar hosil qiladi.
Ko‘payishi: Maʼlumotlar yo‘q.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Bu tur tarqalgan yerlarda muttasil chorva mollari boqiladi. Shuningdek, undan o‘tin sifatida foydalaniladi.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 204, 270].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009