Onosma macrorhiza Popov
Maqomi: 1. Janubiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Ildizi ko‘p boshchali. Serpoya, balandligi 30–50 sm. Dag‘al tuklari oqish. Barglari qirrali, uzunligi 2–4 sm, eni 5–10 mm, uchi o‘tkirroq, barqutsimon. To‘pguli cho‘ziqroq gajakli. Kosachasi oqish dag‘al tukli, uzunligi 7–10 mm. Gultoji sariq, uzunligi 10–12 mm, keyinroq qizil, qora-ko‘kish tusga kiradi. Yong‘oqchasi qoramtir-kulrang, tovlanuvchi, tumshuqchali.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasining janubi-g‘arbiy tarmoqlarida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Qizg‘ish qumloqlarda, qumtoshlarda o‘sadi.
Soni: Sho‘rob qishlog‘i atrofida 2000 tupi borligi aniqlangan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: O‘simlik o‘sib turgan yerlarning o‘zlashtirilishi tufayli kamayib ketgan. Ma da ni y la sh ti ri li shi . O‘simlikni o‘stirish bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasiz tugagan.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [265, 310]. O. Q. Hojimatov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009