Iris victoris F.O. Khass. et al.
Maqomi: 1. Janubiy Pomir-Oloyga xos kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi: Dag‘al va kulrang po‘stloqli tugunak piyozining eni 2–2,5 sm. Poyasining balandligi 10–15 sm. Barglari o‘roqsimon, eni 3–4 sm, silliq, girdi (atrofi) oq hoshiyali, uchi o‘tkir. Gullari 1–2 ta, sariq tusli. Tashqi gulqo‘rg‘on yaproqlari 4–5 sm, ichki gulqo‘rg‘on yaproqlari esa 12–16 mm uzunlikda, ilgaksimon. Fevral–mart oylarida gullab, mevasi aprelda pishadi.
Tarqalishi: Curxondaryo viloyati: Ko‘hitangda (Kelif-Sherobod tizmasi, Oqtosh qishlog‘i) tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Bo‘z tuproqlarda o‘sadi.
Soni: Aniqlanmagan.
Ko‘payishi: Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tabiiy o‘sib turgan joylarining qisqarishi va chorva boqilishi tufayli kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [366]. N. K. Rahimova.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009