← Ayiqtovondoshlar
Tuksiz sug‘urut
Ayiqtovondoshlar

Tuksiz sug‘urut

Maqomi 3 — Kamyob
Maqomi 3. Janubi-g‘arbiy Tyan-Shanda tarqalgan areali bo‘lingan, kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15-20 sm, popuksimon ildizli, ko‘p yillik o‘t. Ildizpoya bo‘g‘zidan chiqqan qo‘ng‘ir barglari qisqa, bir nechta poyalar o‘sib chiqadi. Novdalari sershox, serbarg. Barglari patsimon bo‘lingan, yupqa, mayda. Gullari yirik, yakka-yakka, to‘q sariq rangli. Mevasi yupqa ilmoqsimon uchli, xiyol qayrilgan. May oyida gullab, mevasi iyul-avgust oylarida yetiladi.

Tarqalishi. Toshkent viloyati: Chotqol tizma- sida - Parkent, Zarkent qishloqlari atroflarida, So‘qoqsoy, Boshqizilsoy va Kelinchaksoyda; Qurama tizmasida - Qamchiq dovonida tarqalgan.

Usish sharoiti. Tog‘larning yuqori qismidagi toshli, shag‘alli, mayda jins tuproqlarda va qoyalardao‘sadi.

Soni. Bu tur tarqalgan yerlar 3,5-4 ming gek- tarni tashkil qiladi. Umumiy soni 30-40 ming tup atrofida.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Unib chiqish qobiliyati 1-2 foizni tashkil etadi. Yetilgan urug‘lari 2-3 yildan so‘ng unib chiqadi. Raqobatga chidamsiz. Qo‘riqxona sharoitida yakkaholdao‘sgan kattayoshdagituplari aniqlangan.

Madaniylashtirilishi. Ma’lumot yo‘q.

Muhofaza choralari. Chotqol davlat biosfera qo‘riqhonasida muhofaza qilinadi.

Manbalar. [84-87,130, 247].
K. T Toyjanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009