Maqomi 3. Ko‘hitang va Hisor tizmalarida o‘suvchi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Cho‘ziq tugunakli ko‘p yil- lik o‘t. Ildizoldi barglari bandli, uch karra bo‘lingan, bo‘laklari yumaloq yoki o‘tkir tishli. Yon bo‘laklari bandsiz yoki qisqa bandli, o‘rta qismidagi bandi 1,5 sm uzunlikka ega. Urama barglari 2-3 tani tashkil etadi, yuqori qismi uch karra bo‘lingan. Gulbandi 1-4 tagacha tuklar bilan qoplangan. Gullarining diametri 1-2, 3-4 sm, sariq rangli. Changdoni va changchi iplari sariq, urug‘chisi esa qora. Urug‘i 0,3-0,35 sm uzun- likda. Tumshuqchasining uzunligi 0,2 sm, sertuk. Mart-aprel oylarida gullab, mevasi may oyida yetiladi.
Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasida - Shalqonsoy atrofida; Hisor tizma- sida - Boysun, Sho‘rchi, Denov atroflarida o‘sadi. Tojikistonda ham uchraydi.
Usish sharoiti. Tog‘ yonbag‘irlaridagi sariq va mayda tuproqlarda hamda tog‘ etaklaridagi ola tuproqlarda o‘sadi.
Soni. Tabiatda kam uchraydi. Odatda, kichik- kichik to‘pchalar hosil qilib o‘sadi.
Ko‘payishi. Urug‘idan, ayrim hollarda vegeta- tiv yo‘l bilan ham ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Gullari yig‘ib, tugunaklari qazib olinadi. Chorva mollari tomonidan payhon qilinadi.
Madaniylashtirilishi. UzR FA Botanika bog‘ida 1965 yildan buyon ekib o‘stiriladi.
Muhofaza choralari. Tabiatda saqlanib qolgan tuplarini nazorat ostiga olish lozim. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi.
Manbalar. [98, 99,129, 354].
K. T. Toyjanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009