← Ayiqtovondoshlar
Knorring isfaragi
Ayiqtovondoshlar

Knorring isfaragi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Maqomi 2. Oloy tizmasidagi kichik maydonda tarqalgan kamyob endemiko‘simlik.


Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 35-45 sm ga yetadigan o‘q ildizli, ko‘p yillik o‘t. Barglari, asosan, poyasining pastki qismida joylashgan. Bargbandi uzun, pastki qismi biroz kengaygan, yaprog‘i yumaloq-buyraksimon, 5 ta panjasimon bo‘lakka ajralgan, bo‘laklari teskari tuxumsimon, ular ham, o‘z navbatida, biroz qirqilgan. Poyasi kamshox, 5-7 gulli. Gulkosasi och binafsha rangli, keng ellips tuxumsimon, pixlari ingichka, uzunligi 2,5 sm, uchi ikkiga ajralgan. Iyun oyida gullab, iyul oyida meva tugadi.


Tarqalishi. Farg‘ona viloyati: Shohimardon daryosi havzasi, shuningdek, Qirg‘izistonda ham uchraydi (Ush viloyati).


Usish sharoiti. Tog‘larning pastki va o‘rta qismidagi yonbag‘irlarda va qoyalarda o‘sadi.


Soni. Tabiatda yakka-yakka yoki to‘p-to‘p bo‘lib o‘sadi. Umumiy soni aniqlanmagan.


Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.


Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Ma’lumotlar yo‘q.


Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.


Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Usimlikning umumiy sonini aniqlash, tabiatda va botanika bog‘larida bioekologik xususiyatlarini o‘rganish tavsiya etiladi.


Manbalar. [281, 389, 453, 461].


K. T. Toyjanov.. ^x

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009