← Ayiqtovondoshlar
Buxoro po‘fanagi
Ayiqtovondoshlar

Buxoro po‘fanagi

Maqomi 3 — Kamyob
Maqomi 3. O‘zbekistonda kam uchraydigan, Ja- nubiy Pomir-Oloydao‘sadigan endemiko‘simlik.

Qisqacha tavsifi. Tugunagi yumaloq yoki uzunchoq ko‘rinishdagi ko‘p yillik o‘t. Ildizoldi barglari bandli, och yashil, yumaloq-yuraksimon, uch karra bo‘lingan, siyrak tukli. Yaprog‘ining yon bo‘laklari bandsiz, o‘rta qismidagilari esa qisqa bandli. O‘rama barglari 3 ta, uch karra bo‘lingan. Gulpoyalar 1-3 ta. Gullari yirik, diametri 3-4 sm, tik turuvchi, ochiq, likopchasimon. Gulkosasi qizil, ichki tomoni yaltiroq, tashqi tomoni yotiq tukli. Urug‘i qalin tukli. Aprel-iyun oylari- da gullab, meva beradi.

Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasida - Shalqonsoy atrofi, Bobotog‘ tizma- sida tarqalgan (Tojikistonda ham uchraydi).

O‘sish sharoiti. Tog‘ yonbag‘irlaridagi sarg‘ish tusli va mayda zarrali tuproqlarda hamda tog‘ etaklaridagi ola tuproqlarda o‘sadi.

Soni. Tabiatda kam tarqalgan, to‘p-to‘p holda uchraydi.

Ko‘payishi. Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Gul va tugunaklarining mahalliy aholi tomonidan yig‘ib olinishi va chorva molla- ri boqilishi natijasida kamayib bormokda.

Madaniylashtirilishi. 1962 yildan buyon O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stiriladi.

Muhofaza choralari. Tabiatda mavjud po- pulyatsiyalari qat’iy nazorat ostiga olinishi lozim. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi.

Manbalar. [98, 99,129, 354].
K. T. Toyjanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009