← Ayiqtovondoshlar
Maqomi. Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmasidagi son jihatdan qisqarib borayotgan, areali bo‘lingan endemiko‘simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 1,5 m ga yetadigan, ko‘p yillik, tugunak ildizpoyali o‘t. Ildizpoyasi tugunaklarning yonma-yon qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Poyalari oddiy, tiko‘suvchi. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, qolganlari bandli, yaprog‘i asosigacha yirik tishli bo‘laklarga ajralgan. Yorqin ko‘kimtir rangli gullari poyaning yuqori qismida yirik shokila hosil qiladi. Iyun-iyulda gullab, mevasi iyul-avgust oylarida yetiladi.

Tarqalishi. Toshkent, Farg‘ona, Jizzax, Qash- qadaryo viloyatlari: Piskom, Chotqol, Qurama, Farg‘ona, Turkiston, Zarafshon, Hisor tizmalarida tarqalgan. Tojikistonda, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti. Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlaridagi nam yerlarda va yonbag‘irlardagi buloqlarning atroflarida o‘sadi. Ba’zan buloq bo‘ylarida kichik butazorlar hosil qiladi.

Soni. Butun areali bo‘ylab bir-biridan ancha uzoq joylashgan uncha katta bo‘lmagan to‘plar hosil qiladi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Xalq tabobatida dorivor o‘simlik sifatida ishlatiladi.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stiriladi.

Muhofaza choralari. Chotqol, Zomin qo‘riqxonalarida, Ugom-Chotqol va Zomin milliy tabiat bog‘larida o‘stiriladi.

Manbalar. [214, 215].
K. T. Toyjanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009