← Karamdoshlar
Toshbuzar parriyasi
Karamdoshlar
Yangi

Toshbuzar parriyasi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Parrya saxifraga Botsch. et Vved.

Maqomi: 2. G‘arbiy Tyan-Shanda areali bo‘lingan, endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 10 sm ga yetadigan, deyarli poyasiz ko‘p yillik o‘t. Qisqa poyasi quruq barg qoldiqlari bilan qoplangan. Ildi zi ko‘pboshchali. Yopirma barglari cho‘ziq tuxumsimon, qattiq, chetlari tishli. Gulpoya lari bargsiz, oddiy, uzunligi 3–7 sm. Gullari binafsha rangli. Mevasi qo‘zoq, yuqoriga qarab qa y ri l ga n . Urug‘i yassi, yumaloq, eni 2,5–5 mm, o‘rta qismidan uchiga va asosiga qarab ingichkalasha boradi. Iyun oyida gullab, mevasi avgustda yetiladi.

Tarqalishi: Toshkent, Namangan viloyatlari: Chotqol tizmasidagi Betog‘alik, Kengsoz va Qo‘ytosh daralarida, Jirdon, Orashon dovonlarida o‘sadi.

O‘sish sharoiti: Tog‘larda 2600–2900 m balandlikdagi shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Tabiatda yakka-yakka holda yoki kichik tuplar hosil qilib uchraydi. Bu tur tog‘larning chiqish qiyin bo‘lgan joylarida saqlanib qolgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Urug‘ining unib chiqish darajasi past bo‘lganligi tufayli kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza qilish tadbirlari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [36, 159].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009