← Ziradoshlar
Pratov kovragi
Ziradoshlar

Pratov kovragi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida
Maqomi 1. G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemiktur.
Qisqacha tavsifi. Ko‘p yillik polikarp o‘simlik, bo‘yi 30-60 sm. Poyasi tuksiz. Barglarining aksariyat qismi ildiz bo‘g‘izida joylashgan, uch karra bo‘lingan, oq tukli, yon tomonidagi pallachalari tuxumsimon - cho‘ziq, 3-5 bo‘lakli. Soyaboni 4-8 shu’lali, uzunligi 2-3 sm. Soyabonining shu’lasi 8-10 ta. Urama bargli va o‘rama bargchasiz. Kosacha- sining tishlari to‘mtoqroq. Gul-
toji oqish, ovalsimon. Stilopodi yassi. Tuguncha va mevasi tuksiz. Iyunda gullab, mevasi iyulda yetiladi.
Tarqalishi. Qashqadaryo viloyati: Hisor tizmasining janubig‘arbiy tarmoqlarida tarqalgan(Vuari qishlog‘i atrofida).
O‘sish sharoiti. Dengiz sathidan 2400 m balandlikdagi gipsli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. 60 tup o‘simlikdan iborat 2 ta populyatsiyasi aniqlangan.
Ko‘payishi. Urug‘i orqali ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Tabiiy o‘sib turgan joylarining buzilishi va ko‘plab mol boqilishi tufayli kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi.
Manbalar. [159, 308].
F. U Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009