← Torondoshlar
Mattey qandimi
Torondoshlar
Yangi

Mattey qandimi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Calligonum matteianum Drobow

Maqomi: 1. Qizilqumdagi kichik maydonlarda tarqalgan kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 70–150 sm, biroz egri-tirsaksimon shoxlangan buta. Gullari pushti. Gulqo‘rg‘oni mevalayotganda pastga qarab egiladi. Mevasi deyarli sharsimon, eni 15–20 mm, ochsariq yoki qizg‘ish. Dag‘al tuklarining uzunligi 5–7 mm, 8 qator bo‘lib o‘rnashgan, ingichka, yumshoq, egiluvchan. Yong‘oqchasi dag‘al tuklar orasida joylashganligi uchun deyarli ko‘rinmaydi, uzunligi 7–12 mm, 90 daraja buralgan. Aprel–may oylarida gullab, may–iyunda mevalaydi.

Tarqalishi: Buxoro viloyati: Qizilqumda (Dengizko‘l atrofida) tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Mustahkamlangan qum tepaliklarida o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan. Kichik maydonlarda juda kam miqdorda tarqalgan.

Ko‘payishi: Maʼlumotlar yo‘q. Ob-havo qulay kelgan yillari urug‘idan chiqqan nihollarni uchratish mumkin.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan. O‘simlik tarqalgan joylarda ko‘plab chorva mollari boqiladi. Shuningdek, o‘tin sifatida ishlatilishi o‘simlik ko‘payishiga salbiy taʼsir qiladi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 204, 270].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009