← Karamdoshlar
Hisor iskandarasi
Karamdoshlar
Yangi

Hisor iskandarasi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Iskandera hissarica N. Busch

Maqomi: 1. Hisor tizmasidagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 30 sm ga yetadigan, poyasining pastki qismi yog‘ochlangan, ko‘p yillik o‘t. Yopirma barglari teskari nashtarsimon, qisqa bandli, uzunligi 1–8 sm, eni 3–15 mm, yulduzsimon tukli. Gulpoyasi, odatda, bargsiz bo‘ladi. Kosachabarglari cho‘ziqroq, binafsha rangli, uzunligi 8 mm, eni 6,5 mm. Qo‘zog‘i yuqoriga qaragan, 3–5 sm uzunlikda, keng nashtarsimon yoki chiziqliuzunchoq, yulduzsimon va bezsimon tuklar bilan qoplangan. May oyida gullab, mevasi iyun–iyulda yetiladi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tog‘i (Qoraqo‘l, Xondiza va To‘palang daryolarining yuqori irmoqlari)da tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tog‘ning yuqori qismida, qoyalarning yoriqlarida o‘sadi.

Soni: Kam uchraydi, kichik-kichik to‘plar hosil qiladi. To‘palang daryosi havzasida 3000 tupi qayd qilingan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stiriladi.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [46, 263].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009