← Karamdoshlar
Chimyon soxta klausiyasi
Karamdoshlar
Yangi

Chimyon soxta klausiyasi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Pseudoclausia tschimganica (Popov ex Botsch. et Vved.) A.V.Vassil.

Maqomi: 1. G‘arbiy Tyan-Shanga mansub juda kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 30–50 sm, baʼzan 100 sm gacha yetadigan uzun, oddiy va qisqa bezchasimon tuklar bilan qoplangan ikki yillik o‘simlik. Poyasi asosidan shoxlangan. Yopirma barglari ko‘p, teskari nashtarsimon, bandli. Gullari qo‘ng‘ir tusda, tomirlari binafsha rang, uzunligi 9–11 mm. Qo‘zog‘i yassi, tasbehsimon ko‘rinishda, poyaga yopishgan, uzun tumshuqchali. Iyun-iyul oylarida gullab, mevasi avgustda yetiladi.

Tarqalishi: Toshkent viloyati: Faqatgina Chotqol tizmasida tarqalgan. Shuningdek, Qirg‘izistonda ham o‘sadi (Sandalosh tizmasi).

O‘sish sharoiti: Qoyalarda, toshli va shag‘alli yonbag‘irlarda, daryo bo‘ylaridagi toshloqlarda, eriyotgan qor uyumlari atrofida o‘sadi.

Soni: Tabiatda kam tarqalgan. Yakka-yakka holda o‘sadi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniq maʼlumotlar yo‘q.

Madaniylashtirilishi: Aniq maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Kamayib borish sabablari aniqlanishi lozim. O‘sish joylari Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ining hududida joylashgan. Manbalar. [37, 159, 228].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009