Turanga Underwing Moth
Maqomi: 2 (VU:D): Zaif, qisqarib borayotgan, lokal tarqalgan Eron-Turon turi.
Tarqalishi: To‘rtko‘l sh. yonidagi Amudaryo qayirlari. O‘zbekistondan tashqarida: Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Xitoy (Shinjon), Iroq.
Yashash joylari: Tekislik daryolari bo‘yidagi turang‘ili to‘qay va daraxtzorlar.
Soni: Hamma joyda kam va uzluksiz kamayib bormoqda. O‘zbekistonda ayrim topilmalar orqali maʼlum.
Yashash tarzi: Yilda bir marta nasl beradi. Ilk uchishi va tuxum qo‘yishi – iyuniyulda (tunlari). Qurtlari may–iyunda turang‘ida (Populus pruinosa) rivojlanadi, katta yoshdagilari qishlaydi va kelgusi yilning may oyida qo‘shimcha oziqlanadi, turang‘ining ko‘chgan po‘stloqlari ostida yumshoq pilla ichida g‘umbakka aylanadi.
Cheklovchi omillar: Xo‘jalik faoliyati oqibatida to‘qaylarning kesib tashlanishi.
Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.
Muhofaza choralari: Yashash joylari va sonini mukammal o‘rganish, yashash joylarida muhofazasini tashkil qilish lozim.
Manbalar: [36-38, 47, 99, 127, 145, 151]. A.V-A. Kreysberg, O.G. Legezin
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009