← Umurtqasizlar
Prozerpina Prozerpina Prozerpina
Umurtqasizlar
Yangi

Prozerpina

Proserpinus proserpina
Maqomi 2 (VU) — Zaif, kamayib borayotgan
VU — Vulnerable (IUCN xalqaro toifasi)

Willowherb Hawk-moth Proserpinus proserpina (Pallas, 1772)

ssp. japetus Groum-Grshimailo, 1890

Maqomi: 2 (VU:R): Zaif, tabiatan kamyob, lokal tarqalgan Turkiston kenja turi. TMXI Qizil ro‘yxatiga kiritilgan [DD].

Tarqalishi: G‘arbiy Tyan-Shan, Jinnidaryo (Zarafshon t.) vohasi. O‘zbekistondan tashqarida: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston. Kavkazorti, Eron, Iroq, Turkiya, O‘rta va Janubiy Yevropa, Shimoliy Afrikada – boshqa kenja turlari.

Yashash joylari: Tog‘larning (d.s.b. 1000- 2500 m) turli-tuman o‘tli, daraxt va butali quruq cho‘l qismi.

Soni: Hamma joyda kam. O‘zbekistonda sanoqli topilmalar orqali maʼlum.

Yashash tarzi: Kam o‘rganilgan. Yiliga bir marta nasl beradi. Uchishi va tuxum qo‘yishi – may-iyun oylarida oqshom paytlarida, qurtlari iyul-avgust oylarida paydo bo‘ladi, g‘umbaklari qishlaydi. Yevropada qurtlari qizilbarg (Epilobium), (Oenotera), qarmoqcho‘p (Lythrum) kabi o‘simliklarda oziqlanadi, Osiyoda ozuqa o‘simligi nomaʼlum.

Cheklovchi omillar: Yashash makonlarida daraxt va butalarning kesib tashlanishi, pichan tayyorlash va chorvachilikda yaylovdan haddan tashqari ko‘p foydalanish.

Ko‘paytirish: Ko‘paytirilmagan.

Muhofaza choralari: Chotqol qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida muhofaza ostiga olingan. Yashash joylari, soni va yashash tarzini mukammal o‘rganish lozim.

Manbalar: [17, 46, 55, 100, 117, 122, 127]. A.V-A. Kreysberg

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009